Oʻzbekistonda ingliz tili oʻqituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirishga bagʻishlangan milliy forum boʻlib oʻtdi
2026-06-24 15:20:00 / Vazirlik yangiliklari
Britaniya Kengashi (British Council), Buyuk Britaniyaning Xalqaro taraqqiyot dasturi (UK International Development), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti hamkorligida “Oʻzbekistonda ingliz tili oʻqituvchilarini tayyorlash tizimini isloh qilishni jadallashtirish” Milliy forumida tashkil etildi.

Forumda ingliz tili oʻqituvchilarini tayyorlashning zamonaviy modellari, pedagogik taʼlim dasturlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, raqamli texnologiyalarni taʼlim jarayoniga keng joriy etish, taʼlim sifatini baholashning samarali mexanizmlari hamda xalqaro tajribani milliy taʼlim tizimiga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Milliy forum doirasida Britaniya Kengashining “Markaziy Osiyoda ingliz tilini oʻrganishni jadallashtirish” (AELLCA) asosida ishlab chiqilgan ingliz tili oʻqituvchilarini tayyorlashga qaratilgan yangi milliy taʼlim dasturi — PRESETT dasturni respublika pedagogika oliy taʼlim muassasalarida joriy etish boʻyicha kelishuv imzolandi.









