“Yurtim qadriyatlari” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi!
2026-06-23 14:10:00 / Vazirlik yangiliklari

☑️“Milliy an’ana, qadriyat va urf-odatlar” shartida ishtirokchilar o‘zbek xalqiga xos milliy qadriyatlar asosida sahnalashtirgan teatr chiqishlarini namoyish etib, hakamlar va tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Kunning ikkinchi qismida savol-javoblar sharti bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar jadidlar hayoti va ijodidan tuzilgan savollarga javob berib, bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. ↪️Tanlov finalining ikkinchi kunida jamoalar “Kompozitsion musiqiy chiqishlar” shartida badiiy-musiqiy ijrolarini namoyish etdi. Mazkur shart davomida ishtirokchilar o‘zbek folklori namunalari, xalq qo‘shiqlari va milliy raqslarini ijro etib, o‘z iqtidorlarini ko‘rsatdilar. Soha mutaxassislaridan iborat Hakamlar hay’ati har bir shart bo‘yicha jamoalar ishtirokini xolis va shaffof tarzda baholab bordi. Yakunda umumiy natijalarga ko‘ra, quyidagi jamoalar g‘olib topildi: 🥇Buxoro davlat tibbiyot instituti; 🥇Urganch innovatsion universiteti; 🥈Toshkent davlat yuridik universiteti; 🥈Namangan davlat pedagogika instituti; 🥉Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti; 🥉O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali. 🏆G‘oliblar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom va mos ravishda 1-o‘rin 50 million so‘m, 2-o‘rin 30 million so‘m va 3-o‘rin 20 million so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimida diplom va vaucherlarni jamoalarga Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Abdumalik Akramov topshirdi.
