Vazir o‘rinbosari Namangan davlat universitetida sayyor qabul o‘tkazdi
2026-06-23 10:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Sayyor qabul davomida fuqarolar hamda professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar tomonidan spin-off korxonalarini va ilmiy-innovatsion laboratoriyalarni tashkil etish, ilmiy loyihalarni moliyalashtirish, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, qabul jarayonlaridagi imtiyozlar hamda ikkinchi mutaxassislikka qabul qilish masalalari yuzasidan murojaatlar eshitildi va takliflar bildirildi.
Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi hamda amaliy tavsiyalar bildirildi.
Mazkur sayyor qabul ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, oliy ta’lim tizimidagi dolzarb masalalarni o‘z vaqtida hal etish hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.






