Samarqandda sayyor qabul: fuqarolar murojaatlari tinglandi
2026-06-19 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Radjabov Samarqand viloyatida sayyor qabul oʻtkazib, fuqarolar, professor-oʻqituvchilar, talabalar hamda taʼlim tizimi xodimlari bilan ochiq muloqot qildi.

Qabul davomida oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kontrakt toʻlovlari, talabalar oʻqishini koʻchirish, oliy taʼlimga qabul jarayonlari, ilmiy va innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash, iqtidorli yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi.
Har bir murojaat mutaxassislar ishtirokida atroflicha koʻrib chiqilib, fuqarolarga huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, murojaatlarda koʻtarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli masʼullarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.








