“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi!
2026-06-20 09:35:00 / Vazirlik yangiliklari

Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi Surxondaryo viloyatidagi San’at saroyida bo‘lib o‘tdi. Unda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Abdumalik Akramov, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti rektori Anvar Absamatov hamda hamkor tashkilotlar mas’ullari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
🏆Umumiy natijalarga ko‘ra, g‘oliblar ro‘yxati bilan tanishing:
🥇Termiz iqtisodiyot va servis universiteti “Turun” jamoasi;
🥈Nukus davlat pedagogika instituti “Nur” jamoasi;
🥉Buxoro davlat universiteti “Umid” jamoasi;
🥉Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Iqtisodchilar” jamoasi.
☑️Shuningdek, “Eng yaxshi insho”, “Eng yaxshi rasm”, “Eng yaxshi videorolik”, “Eng yaxshi ayol roli”, “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyalari bo‘yicha sovrindorlar aniqlandi.
🏆G‘oliblar diplom hamda mos ravishda 200, 150 va 100 million so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan, nominatsiya g‘oliblari esa qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.









