Texnikum muvaffaqiyatli bitiruvchilari uchun muhim yangilik!
2026-06-19 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikum bitiruvchilarining oliy ta’limni 2-bosqichdan davom ettirishi mumkin bo‘lgan o‘z mutaxassisligiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oliy taʼlimga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishlari mumkin.
Bunda oʻqishga qabul qilish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Ro‘yxat bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
