“Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
2026-06-17 12:00:00 / Vazirlik yangiliklari

♦️Musobaqaning yakuniy bosqichida mamlakatimizning 15 ta oliy ta’lim muassasasidan tashrif buyurgan kuchli jamoalar g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Bellashuvlar Nizom talablari asosida 100 metrga yugurish, joyidan turib uzunlikka sakrash, turnikda tortilish hamda granata uloqtirish kabi harbiy-sport yo‘nalishlarida o‘tkazildi. Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan har bir shart adolatli va shaffof baholanib, g‘olib jamoalar aniqlandi.
Tadbirning tantanali taqdirlash marosimini Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Abdumalik Akramov hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjan Yuldashev ochib berib, o‘z nutqlarida ushbu tanlovning yoshlarni vatanparvarlik ruhida, sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalashdagi ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdilar.
🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi jamoalar eng yuqori ball to‘plab, sovrindor bo‘lishdi:
🥇1-o‘rin – Guliston davlat pedagogika instituti;
🥈2-o‘rin – Andijon davlat universiteti;
🥉3-o‘rin – Buxoro davlat universiteti.
➡️ Taqdirlash marosimidan fotolavhalar
🎁 G‘olib va sovrindor jamoalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplomlar hamda noutbuk, planshet va smart televizor kabi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.








