Germaniya tajribasi o‘rganilmoqda: O‘zbekiston delegatsiyasi Potsdam amaliy fanlar universitetida
2026-06-13 15:50:00 / Vazirlik yangiliklari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda mamlakatimizning muhandislik yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya Germaniya Federativ Respublikasida bo‘lib, oliy ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo‘yicha qator uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Potsdam amaliy fanlar universiteti faoliyati, ta’lim jarayonini tashkil etish mexanizmlari hamda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuvlar davomida Germaniya oliy ta’lim tizimida muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinayotgan dual ta’lim modeli, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, talabalarni amaliy ko‘nikmalar asosida tayyorlash mexanizmlari hamda universitetning sanoat korxonalari bilan hamkorlik tajribasi yuzasidan batafsil ma’lumotlar almashildi.
Shuningdek, tomonlar oliy ta’lim sifatini oshirish, muhandislik ta’limini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish hamda innovatsion hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.






