Namanganda o‘tkazilgan “Talaba Expo – 2026” kasb ko‘rgazmasida 1200 nafardan ortiq talaba uchun ish o‘rni aniq bo‘ldi
2026-06-11 19:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Turon xalqaro universitetida tashkil etilgan ushbu tadbir “Kelajakka qadam” dasturi doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Oʻzmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi, Namangan viloyati hokimligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamkorligida o‘tkazildi.
Yarmarka doirasida ishtirokchilarga 150 dan ortiq korxona va tashkilotlar tomonidan 2000 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi.
Tadbirda viloyatdagi oliy taʼlim muassasalarining 10 ming nafardan ortiq bitiruvchi-talabalari ishtirok etdi. Ulardan 5 500 nafardan ortig‘i ish beruvchilar bilan bevosita suhbatda bo‘lib, 1300 nafarga yaqin talaba ozlarining ish o‘rinlarini aniqlab olishga muvaffaq bo‘ldi.
Shuningdek, biznes g‘oyalarini taqdim etgan talabalarning 100 nafardan ortig‘i tadbirkorlikka yo‘naltirildi. Mazkur loyiha doirasidagi tadbirlar mamlakatimizning boshqa hududlarida ham bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan.









