Dunyoning yirik avtomobil konsernida kasbiy va dual ta’lim tajribasi o‘rganildi
2026-06-12 14:35:00 / Vazirlik yangiliklari

“MAN Truck & Bus SE” Yevropaning yirik tijorat transporti ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lib, kompaniyada dunyo bo‘yicha qariyb 32 ming nafar xodim mehnat qiladi. Kompaniya yosh iste’dodlarga sarmoya kiritishga alohida e’tibor qaratib, 1 000 nafarga yaqin yoshlarni kasbiy ta’lim, dual ta’lim va stajirovka dasturlariga jalb etgan.
Tashrif va muzokaralar davomida quyidagi asosiy jihatlar hamda tajribalar o‘rganildi:
➖ MAN tajribasining eng asosiy jihati bo‘lgan — ta’lim, sanoat va bandlikning yagona tizim sifatida uzviy ishlash mexanizmi tahlil qilindi;
➖ Yoshlarni maktab davridan boshlab aniqlash, kasbiy va dual ta’lim orqali maqsadli tayyorlash hamda keyinchalik to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga joylashtirish tizimi o‘rganildi;
➖ Delegatsiya a’zolari ishlab chiqarish sexlarida bo‘lib, kasbiy ta’lim jarayonlari bevosita sanoat muhitida, zamonaviy texnologiyalar ishtirokida qanday tashkil etilishini kuzatdilar.
Ushbu o‘rganilgan ilg‘or tajribalar O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida sanoat bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, oliygohlarda dual ta’lim va amaliy tayyorgarlik mexanizmlarini rivojlantirish hamda mehnat bozori talablariga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.






