“Orol bolalari” oromgohida robototexnika klubi faoliyati yo‘lga qo‘yildi
2026-06-08 16:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida oromgohda Robototexnika klubi tashkil etilib, 6-iyun kuni bolalar uchun ilk amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Tadbir davomida ishtirokchilar robototexnika va muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha dastlabki bilimlarga ega bo‘lib, futbol robotlari bilan ishlash, LEGO konstruksiyalarini yig‘ish, 3D-modellashtirish va 3D-printer texnologiyalari bilan tanishish, shuningdek, plastik butilkalardan raketa yasash kabi qiziqarli mashg‘ulotlarga jalb etildi. Bunday innovatsion mashg‘ulotlar yoshlarning texnika va zamonaviy texnologiyalarga qiziqishini oshirish, ijodiy va muhandislik tafakkurini rivojlantirish, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan bolalarning yozgi dam olishini mazmunli tashkil etish hamda ularni ilm-fan va innovatsiyalar olamiga keng jalb etish borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
