Rektorlar va matbuot kotiblari ishtirokida kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi
2026-06-06 15:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Vazir qabul jarayonlarini ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etish, abituriyentlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda test sinovlarining xavfsiz va tartibli oʻtishini taʼminlash har bir rahbarning muhim vazifasi ekanini alohida qayd etdi.
Yigʻilishda rektorlarga korrupsiyaning oldini olish boʻyicha profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, pedagoglarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, ularning mehnati va yutuqlarini keng targʻib qilish, yoshlarni ilm-fan, xorijiy tillar, zamonaviy kasblar va sunʼiy intellekt sohalariga qiziqtirishga qaratilgan kontentlar hajmini koʻpaytirish vazifasi yuklatildi.
Bundan tashqari, yosh olimlar va startapchilarning yutuqlarini ommalashtirish, akademiklar va olimlarning ilmiy faoliyatini keng yoritish, mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim boʻlgan qishloq xoʻjaligi, tibbiyot, muhandislik, energetika va sunʼiy intellekt sohalarining ahamiyatini aholiga keng tushuntirish boʻyicha vazifalar belgilandi.






