Vazir “NAM BIOTEST” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi
2026-06-04 19:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Korxonada o‘tkazilgan uchrashuvda Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Bazarov, Davlatobod tumani hokimining innovatsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xurshid Abdumalikov hamda Namangan viloyati innovatsion rivojlanish bo‘linmasi xodimlari ishtirok etdi.
Muloqot chog‘ida in-vitro diagnostika yo‘nalishida ishlab chiqarilayotgan zamonaviy mahsulotlar, yangi innovatsion ishlanmalar va istiqbolli loyihalar yuzasidan ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, korxona Namangan davlat texnika universiteti olimlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritmoqda. Ayni paytda uni spin-off korxona sifatida rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, universitetning 12 nafar bitiruvchisi korxonaga ishga qabul qilinib, yosh mutaxassislarning bandligi ta’minlangan.
Muhokamalar davomida ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini kengaytirish hamda oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yakunda vazir korxonaning istiqbolli loyihalarini yuqori baholab, ularni moliyaviy va tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur amaliy ko‘mak ko‘rsatilishini ta’kidladi.






