10-avgust – Avtomobilsiz kun!
2026-08-10 / Voqealar taqvimi
Bugun mashinani unuting — salomatlik va toza havo sari qadam tashlang!

Bu kun — faqat piyoda yurish va velosipedda harakatlanish kuni!Avtomobildan vaqtincha voz kechib, tabiatga va o‘z sog‘ligiga etbor qaratayotgan barcha ekofaol insonlarni chin qalbdan qutlaymiz!
Ona zaminga nafas olish imkonini bergan va har bir qadami bilan namuna bo‘layotgan barcha jonkuyarlarga rahmat aytamiz.Barcha sog‘lom hayot tarafdorlariga mustahkam sog‘liq va yangi marralar tilaymiz!
