16-avgust – Uysiz hayvonlar xalqaro kuni!
2026-08-16 / Voqealar taqvimi
Bu sanani nishonlash "Xalqaro hayvonlar huquqini himoya etish qo‘mitasi" tomonidan 1992-yilda e’lon qilingan. Shu oʻrinda yana bir ma'lumot, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, ya’ni ularni g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda qiynoqqa solish yoki ularga azob berish BHMning 30 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bugun ko‘chalarda panoh izlab yurgan, issiq-sovuqda bizning ko‘makka ko‘z tikkan t himoyasiz jonzotlarga mehr ulashadigan o‘zgacha kun.
Barcha hayvonlar himoyachilariga va ko‘ngillilarga mustahkam sog‘liq, cheksiz kuch-g‘ayrat va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
