3-4-oktyabr – Jahon qushlarni kuzatish kun
2026-10-03 / Voqealar taqvimi
Ushbu kun (World Birdwatch) yovvoyi tabiatni muhofaza qilish xalqaro tashkiloti (BirdLife International) tashabbusi bilan 1993-yilda ta'sis etilgan. Asosiy maqsad — qushlar va ularning yashash muhitini asrash muammolariga keng jamoatchilik e'tiborini qaratishdir.

Bugun butun dunyoda tabiat rang-barangligini asrash, qushlarning noyob turlarini muhofaza qilish va insonlarni tabiat go‘zalligidan bahramand etish maqsadida ushbu o‘zgacha eko-sana nishonlanmoqda.
Qushlarning erkin parvozi va tabiat uyg‘unligi uchun qayg‘urayotgan barcha jonkuyar ekofaollar hamda tabiatsevar insonlarni chin qalbdan qutlaymiz!
