4-oktyabr – Jahon hayvonlarni muhofaza qilish kuni!
2026-10-06 / Voqealar taqvimi
Bugun butun dunyoda, jumladan mamlakatimizda ham tabiat sofligi va hayot muvozanatini saqlovchi jonzotlarga g‘amxo‘rlik qiluvchi fidoyilar hamda barcha hayvonot olami do‘stlari ushbu muhim sanani nishonlamoqdalar.

Ko‘pchilik bu kunni 1931-yilda boshlangan deb o‘ylaydi, biroq aslida birinchi hayvonlarni himoya qilish kuni 1925-yil 24-martda germaniyalik kinolog va yozuvchi Haynrix Simmerman tomonidan Berlinda tashkil etilgan.
Himoyasiz jonzotlarning huquqlarini himoya qilib, ularga kerakli boshpana, yordam topib berayotgan sharafli kasb va ko‘ngilli faoliyat egalariga samimiy tashakkur bildiramiz.
