Jamoatchilik eshituvi va ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
2026-06-04 13:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirda vazirlik tizimidagi mas’ul rahbar va mutaxassislar, fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Muloqot davomida so‘nggi yillarda tizimda amalga oshirilgan islohotlar, xususan, oliy ta’limga qabul, kontrakt va stipendiya to‘lovlari, talabalarni turar joylarga joylashtirish kabi jarayonlarni raqamlashtirish natijalari, korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, shuningdek, davlat buyurtmasi asosida amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyihalar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.
Korrupsiyaga qarshi huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida har yili minglab pedagoglar hamda yuz minglab talaba-yoshlar maxsus o‘quv kurslariga jalb etilmoqda. Oliy ta’lim dasturlariga korrupsiyaning salbiy oqibatlari va unga qarshi kurashish mexanizmlariga oid mavzular ham kiritilgan.
Tadbir davomida jamoatchilik vakillari tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida ta’lim hamda ilm-fan sohasida korrupsiyaviy xavflarni yanada kamaytirish, ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlikni kuchaytirishga qaratilgan amaliy tashabbuslar muhokama qilindi.
#JamoatchilikEshituvi #OchiqMuloqot