3-dekabr —Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni
2026-12-03 / Voqealar taqvimi

O‘zbekiston Respublikasi Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani 2009 yil 27 fevralda imzolagan. Mamlakatimiz yaqinda Konvensiyani ratifikatsiya qildi va 2021 yil 28 iyuldan mazkur xalqaro-huquqiy hujjat O‘zbekiston uchun kuchga kirdi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini jamiyat hayotining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalarida himoya qilish asosida qanday vaziyat bo‘lishidan qat’i nazar insonni, shu jumladan nogironligi borligi tufayli kamsitmaslik prinsipi yotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining fuqarolarning huquq va erkinliklari, tenglik va kamsitmaslik prinsiplari mustahkamlangan 18-moddasida shunday deyilgan: “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar”.
Konstitutsiyaning 39-moddasida: “Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega” deb belgilab qo‘yilgan.
