8-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
2026-12-08 / Voqealar taqvimi
Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz kafolati!

1992-yil 8-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan. Asosiy Qonun davlat mustaqilligi, inson huquqlari va qonun ustuvorligining mustahkam poydevoridir.
2023-yil 30-aprel kuni umumxalq referendumi orqali Konstitutsiyaning yangi tahriri qabul qilinib, 2023-yil 1-maydan kuchga kirdi. Hozirgi kunda Konstitutsiya 6 bo‘lim, 27 bob va 155 moddadan iborat.
Konstitutsiyaga hurmat – kelajakka hurmat!
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam huquqiy poydevori.
