Fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-05-26 18:50:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirda Adliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Kasbiy ta’lim agentligining mas’ul mutaxassislari ham qatnashdi.
Muloqot davomida 2026-yilda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovlarida ishtirok etish tartibi, loyiha hujjatlarini rasmiylashtirish, ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha tashabbuslarni amalga oshirish mexanizmlari hamda ularni moliyalashtirish manbalari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, davlat organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.





