Vazir o‘rinbosari Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi
2026-05-26 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov Urganch davlat universitetida bo‘lib, universitet rektori Feruza Madrahimova hamrohligida Texnika fakultetining olimlari, tadqiqotchilari hamda talaba-yoshlari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion ishlanmalar va amaliyotga joriy etilayotgan loyihalar ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, universitetda “Spin-off” korxonalarini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Shundan so‘ng, oliygohda amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif yakunida Xitoyning XCMG kompaniyalar guruhi tarkibidagi “Uz XCMG” qo‘shma korxonasi bosh direktor o‘rinbosari Su Haiy Ang hamda korxona vakillari bilan rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.









