Texnika yoʻnalishidagi oliygohlarda “Oʻzmetkombinat” filiallari tashkil etiladi
2026-05-26 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Ana shu vazifalar ijrosi doirasida 26-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda “Oʻzmetkombinat” AJ Boshqaruvi raisi — Bosh direktori Bahodir Abdullayev oʻrtasida Anglashuv memorandumi imzolandi Mazkur hujjat ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy ilmiy ishlanmalarni sanoatga keng joriy etish hamda raqobatbardosh muhandis kadrlarni tayyorlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Mazkur hamkorlik doirasida oliy taʼlim tashkilotlarida dual taʼlim tizimini rivojlantirish, qoʻshma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, yosh mutaxassislarning amaliy koʻnikmalarini oshirish hamda ilm-fan va real sektor integratsiyasini mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi. Shu bilan birga, 10 dan oshiq oliy taʼlim muassasalarida “Oʻzmetkombinat” filiallari ochilishi orqali talabalar uchun amaliy taʼlim imkoniyatlari kengaytiriladi hamda ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan taʼlim tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, memorandum doirasida “Oʻzmetkombinat” AJ bazasida bazaviy kafedralar va amaliy oʻquv markazlarini tashkil etish koʻzda tutilgan boʻlib, bunda taʼlim dasturlarini ishlab chiqishda kombinat mutaxassislarining ishtiroki taʼminlanadi hamda oʻquv rejalari ishlab chiqarish ehtiyojlariga moslashtiriladi. Professor-oʻqituvchilarning har yili korxonada stajirovka oʻtashi yoʻlga qoʻyilib, ular tomonidan zamonaviy texnologik jarayonlar asosida yangilangan oʻquv qoʻllanmalar ishlab chiqilishi taʼminlanadi.






