Bir poyezd, minglab orzular va bitta maqsad!
2026-05-23 15:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi hamda “Biz Orol bilan birgamiz” ekomarafoniga start berildi. Aksiya ishtirokchilari Nukus temir yo‘l vokzalida tantanali kutib olinib, Orolbo‘yi hududining turistik, madaniy va tabiiy salohiyati bilan tanishishni boshladilar.

Dastur doirasida Nukus shahri, Kegeyli, Qorao‘zak, Chimboy va Mo‘ynoq tumanlari, “Chilpiq” tarixiy yodgorligi, “Dovut ota” ziyoratgohi, Mo‘ynoqdagi kemalar qabristoni hamda I.V. Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyiga sayohatlar tashkil etilmoqda.
Aksiya davomida yoshlar uchun ekologik-ma’rifiy tadbirlar, ekoaktsiyalar va ijodiy tanlovlar o‘tkazilib, Orolbo‘yi tabiiy merosini asrash, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar amalga oshirilmoqda.









