Italiyada “yashil transport” boʻyicha xalqaro loyiha yigʻilishi bo‘lib o‘tdi
2026-05-22 14:50:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etdi.
Yigʻilishlar davomida “yashil iqtisodiyot” tamoyillari asosida transport sohasi uchun zamonaviy va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, taʼlim dasturlarini modernizatsiya qilish, akademik mobillikni kengaytirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, loyihaning amalga oshirilgan ishlari tahlil qilinib, kelgusi bosqichlardagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. Xususan, barqaror transport sohasida bakalavr va magistratura taʼlim dasturlarini joriy etish, qoʻshma dasturlarni akkreditatsiyadan oʻtkazish, talabalar amaliyotini tashkil etish hamda taʼlim sifati baholash mexanizmlarini takomillashtirish masalalari koʻrib chiqildi.
Tadbir doirasida oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, tajriba almashish va Erasmus+ dasturlari doirasidagi qoʻshma tashabbuslarni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.






