Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi
2026-05-22 12:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur kurslarda respublikamizdagi 30 ga yaqin oliy taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari ishtirok etdi. Mashgʻulotlar tajribali professor-oʻqituvchilar hamda malakali mutaxassislar tomonidan zamonaviy va amaliy yondashuvlar asosida tashkil etildi.
Malaka oshirish jarayonida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni mustahkamlash, liderlik koʻnikmalarini rivojlantirish hamda oliy taʼlim muassasalarida samarali maslahat faoliyatini yoʻlga qoʻyish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, tinglovchilar uchun tajriba almashish jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamda Toshkent davlat transport universitetida tashkil etildi.



