Vazirlik delegatsiyasi Xitoyda o‘tayotgan BMT Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi loyihasi seminarida qatnashmoda
2024-07-22 14:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda Oliy taʼlim, fan va Innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy etish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi, INNO innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki, “Yashnobod innovatsiya texnoparki” DUK, Toshkent davlat texnika universiteti masuʼllari ishtirok etmoqda.
Seminarning 1-kunida Xitoyning rivojlanish jarayoni va innovatsion inkubatorlar tendensiyasi mavzularida maʼruzalar bo‘lib, ularda rivojlanish tajribalari o‘rganildi.
Loyiha doirasida O’zbekiston va Xitoy texnoparklari, biznes-inkubator va akseleratorlari o’rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jumladan, tajriba almashinuv, kadrlar malakasini oshirish hamda startap va innovatsion loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma o‘quv dasturlarini tashkillashtirish ko‘zda tutilgan.

