Qonunchilik palatasida vazirlik hisoboti eshitildi
2026-05-21 15:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirda Qonunchilik palatasi deputatlari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi, Kasbiy ta’lim agentligining mas’ul xodimlari, Parlament tadqiqotlari instituti vakillari hamda Yoshlar parlamenti aʼzolari ishtirok etdi.
Majlisda vazirlik vakillari tomonidan birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning byudjet mablagʻlaridan foydalanishi bilan bogʻliq maqsadli indikatorlari bajarilishi toʻgʻrisida batafsil axborot taqdim etildi. Unda ajratilayotgan byudjet mablagʻlarining maqsadli, shaffof va samarali sarflanishi, indikatorlar asosida monitoring qilish tartibi hamda moliyaviy intizomni taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida axborot berildi.
Majlis yakunida bildirgan taklif va mulohazalar asosida indikatorlarni takomillashtirish, moliyaviy hisobotlarning ochiqligini oshirish va jamoatchilik bilan muloqotni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.






