FARG‘ONA "TALABALAR LIGASI" FINALI BOSHLANDI!
2026-05-21 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari
2026-yilning 20-25-may kunlari FarDU mezbonligida oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasidagi “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichi bo‘lib o'tmoqda.

Farg‘ona davlat universiteti va ixtisoslashgan sport markazlarida 4 ta sport turini qamrab olgan “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining ⚽️ Futzal 5x5, 🏀 Basketbol, 🏸 Badminton, 🏓 Stol tennisi sport turlari bo‘yicha Respublika final bosqichi yuqori saviyada o'tkazilmoqda.
🗣Mazkur musobaqalarda mamlakatimizning 14 ta hududidan jami 900 nafar talaba-sportchi hamda murabbiylar ishtirok etib, Bahslarda yurtimizning saralangan kuchli talaba sportchilari g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashmoqdalar.








