Jamoatchilik eshituvi va ochiq muloqot
2026-05-26 11:00:00 / E’lonlar
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Oliy va kasbiy taʼlim hamda ilm-fan sohasida korrupsiyaning oldini olish: ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik nazorati” mavzusida jamoatchilik eshituvi va ochiq muloqot tashkil etiladi.

📆 Sana: 2026-yil 4-iyun
⏳ Vaqt: soat 11:00
⛳ Manzil: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosi
Ochiq muloqot davomida oliy va kasbiy ta’lim hamda ilm-fan sohasida korrupsiyaning oldini olish, tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, shuningdek, davlat buyurtmasi asosida ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.
Tadbirda vazirlik tizimidagi mas’ul rahbar va mutaxassislar, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etadi.
Jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari vakillarini ochiq muloqotda faol ishtirok etishga chorlaymiz.
