Buxoroda O‘zbekiston–Turkiya rektorlarining IV forumi boshlanish arafasida
2026-05-21 13:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Forum doirasida Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlaridan iborat delegatsiya tantanali tarzda kutib olindi. Mehmonlar uchun Buxoroning boy tarixiy-madaniy merosi va zamonaviy ta’lim infratuzilmasi bilan tanishtiruvchi dasturlar tashkil etildi.
Anjuman davomida ikki mamlakat universitetlari o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini kengaytirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, forum doirasida yangi hamkorlik memorandumlari va istiqbolli kelishuvlarni imzolash rejalashtirilgan bo‘lib, bu O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi strategik sheriklikni ta’lim va ilm-fan yo‘nalishida yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Forum arafasida Buxoro davlat texnika universitetida xalqaro anjumanni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi.





