Navoiylik yoshlar “Orol taqdiri – kelajak avlod taqdiri” shiori ostida ekologik aksiyada ishtirok etdi
2026-03-10 10:45:00 / Vazirlik yangiliklari
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti talabalari hamda Navoiy kon-metallurgiya kombinati yosh mutaxassislari ishtirokida Mo‘ynoq tumanida “Orol taqdiri – kelajak avlod taqdiri” shiori ostida ekologik aksiyada tashkil etildi.

Dastlab, aksiya ishtirokchilari “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida Orolbo‘yi hududida saksovul ko‘chatlari ekishdi. Shuningdek, ular “Mo‘ynoq ekologiya muzeyi”da ham bo‘lib, bu yerdagi eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda chop etilgan “Orolning asov to‘lqini” ijodiy to‘plami taqdimoti o‘tkazildi.









