Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoraqalpog‘istonlik talabalar bilan uchrashdi
2026-05-20 13:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Navbatdagi sayohatchilar guruhi — qoraqalpog‘istonlik talaba-yoshlar poytaxtimizning tarixiy hamda zamonaviy maskanlariga tashrif buyurishdi.
“Toshkent City” hududida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar, ta’lim sifatini oshirish hamda talabalarning intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb etish, startap va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy kasb va texnologiyalarni egallashi uchun yaratilayotgan sharoitlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Uchrashuv yakunida talabalar tomonidan bildirilgan taklif, tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha yechim va tavsiyalar berildi.






