Xalqaro suv diplomatiyasi sohasida karyera qurishni istaysizmi?
2026-05-05 10:10:00 / E’lonlar

Mazkur ta’lim yo‘nalishi xalqaro suv munosabatlari, transchegaraviy suv resurslarini boshqarish, suv siyosati hamda mintaqaviy hamkorlik sohalarida professional faoliyat yuritishni istagan yosh mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
🎓 Ta’lim jarayoni rus yoki ingliz tillarida olib boriladi.
📌 Qabul talablari:
✔️ IELTS sertifikati talab qilinmaydi;
✔️ til bilish darajasi suhbat asosida aniqlanadi;
✔️ suv resurslari, ekologiya, xalqaro munosabatlar yoki diplomatiya yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr diplomi talab etiladi;
✔️ diplom va uning ilovasi;
✔️ pasport nusxasi.
💰 O‘zbekiston hamda qo‘shni davlatlar fuqarolari uchun har yili 50 tagacha davlat granti ajratiladi.
📥 Hujjatlarni topshirish:
https://tiiame.uz/admission/other/foreign_citizens
🗓 Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2026-yil 15-maygacha.
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 93 000 06 25
