Fizika fani bo‘yicha olimpiadaning respublika bosqichi boshlandi
2026-05-19 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Namangan davlat universitetida oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida fizika fanidan respublika olimpiadasining yakuniy bosqichiga start berildi.

Unda respublikamizning turli hududlaridan kelgan eng kuchli talabalar o‘zaro bellashib, bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishmoqda.
Mazkur intellektual bellashuvda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan iqtidorli talabalar magistratura bosqichiga imtihonsiz kirish huquqiga ega bo‘ladilar.









