Akademik litseylarda sun’iy intellekt: yangi imkoniyatlar muhokama markazida
2026-05-19 17:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Konferensiyada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’suli, akademik litseylar direktorlari, soha mutaxassislari hamda pedagog xodimlar ishtirok etdi.
Anjuman davomida akademik litseylarda elektron ta’lim platformalari, virtual laboratoriyalar, masofaviy ta’lim tizimlari va sun’iy intellekt asosidagi dasturiy yechimlardan foydalanishning samaradorligi yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, oʻquvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar bildirildi.
Konferensiya doirasida ilgʻor tajribaga ega akademik litseylar tomonidan taqdimotlar namoyish etilib, innovatsion pedagogik texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha tajriba almashildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar oʻrtasida muhokamalar oʻtkazilib, akademik litseylarda raqamli ta’limni yanada rivojlantirish hamda oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha muhim xulosalar ishlab chiqildi.


