2,5 million dollardan ortiq grant sohibi bo‘lgan litsey o‘quvchisi
2026-05-19 14:35:00 / Vazirlik yangiliklari

Faxriddin AQSHning qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari, jumladan, University of Michigan Ross School of Business, Syracuse University, Drexel University, Loyola University Chicago, University of Oklahoma hamda boshqa ko‘plab universitetlardan grant asosida ta’lim olish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, u ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan ham shug‘ullanib, xalqaro miqyosdagi ilmiy maqolalar muallifi sifatida faoliyat olib bormoqda.
Bunday yutuqlar yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, sifatli ta’lim muhitini yaratish hamda iqtidorli avlodni rivojlantirish yo‘lidagi ishlarning amaliy natijasi sifatida e’tirof etilmoqda.
Faxriddinning akademik yutuqlari ham tahsinga sazovor:
— SAT: 1530 (Matematika — 800, EBRW — 730)
— IELTS: 8.0
— EF SET: C2 Proficient
