Biologiya bo‘yicha respublika fan olimpiadasi boshlandi
2026-05-18 14:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Olimpiadani yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Respublika hakamlar hay’ati raisi hamda a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, unda baholash mezonlariga qat’iy rioya etish, jarayonlarni adolatli va shaffof tashkil qilish hamda tashkiliy masalalar muhokama qilindi.
Fan olimpiadasining yozma shakldagi birinchi bosqichida respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan iqtidorli talabalar biologiya yo‘nalishida egallagan bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi.
Jarayonlarning ochiqligini ta’minlash maqsadida ota-onalar va mehmonlar uchun onlayn kuzatuv imkoniyati ham tashkil etilgan.
Mazkur fan olimpiadasi yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning intellektual salohiyatini namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etadi.









