Oila — jamiyat tayanchi, inson kamolotining mustahkam poydevori
2026-05-15 17:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbir doirasida vazirlikning Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi bosh mutaxassisi Saʼdiya Saidovaga “Ibratli oila” koʻkrak nishoni tantanali ravishda topshirildi. Mukofotni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy vazirlik jamoasi ishtirokida topshirib, Saidovlar oilasining mehnatsevarlik, oʻzaro hurmat va maʼrifatli hayot tarzi yoshlar uchun ibrat ekanini taʼkidladi.
Saʼdiya Saidova uzoq yillardan buyon tizimda masʼuliyat bilan faoliyat yuritib kelmoqda. Uning turmush oʻrtogʻi Akram Saidov ham davlat tashkilotida mehnat qilib, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi Oʻzbek-koreya oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparki Inson resurslarini boshqarish boʻlimi boshligʻi sifatida faoliyat olib bormoqda. Er-xotinning har ikkisi ham huquqshunos mutaxassis boʻlib, nafaqat kasbiy faoliyatda, balki oilaviy hayotda ham hamjihatlik va sadoqat namunasini koʻrsatib kelmoqda.
Saidovlar oilasi 3 nafar farzand — ikki qiz va bir oʻgʻilni tarbiyalab, ularni vatanparvarlik, bilimga intilish va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida voyaga yetkazmoqda.
Tadbirda soʻz olganlar yurtimizda oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, sogʻlom maʼnaviy muhitni qaror toptirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanini taʼkidlab, “Ibratli oila” kabi eʼtiroflar jamiyatda mehr-oqibat va ahillik muhitini yanada kuchaytirishga xizmat qilishini qayd etdilar.



