Yoshlar bilan muloqot — kelajakka ishonch va yangi gʻoyalar maydoni
2026-05-14 19:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuvda yurtimiz oliy taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, taʼlim sifati va ilm-fan salohiyatini yuksaltirish, innovatsion muhitni rivojlantirish hamda zamonaviy va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalalari xususida atroflicha fikr almashildi. Muloqot davomida talabalarning startap va innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, xorijiy tillarni puxta oʻrganish, sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarni oʻzlashtirish, ilmiy faollikni oshirish, yoshlar bandligini taʼminlash kabi dolzarb yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Talaba-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslari bilan faol ishtirok etib, taʼlim tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.









