“O‘zbekiston energetika haftaligi”: vazir va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-05-14 16:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, shuningdek, tizim korxonalari va aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlari qatnashdi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslarini bildirishdi. Ayniqsa, energetika sohasida yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy rivojlanishi, amaliyot va bandlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbirda bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda tegishli yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Ta’kidlanganidek, yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot qilish, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash Energetika vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.








