Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha olimpiada g‘oliblari aniqlandi!
2026-05-14 11:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Murosasiz va qiziqarli kechgan intellektual bellashuvning yakuniy natijalariga ko‘ra, shohsupani quyidagi iqtidorli talabalar egalladi:
🥇 1-o‘rin: Uteshova Rahima Tolgatovna — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi;
🥈 2-o‘rin: Omonov Ahmadjon Zafar o‘g‘li — Buxoro davlat universiteti talabasi;
🥉 3-o‘rin: Mamadiyorov Samandar Baxtiyor o‘g‘li — O‘zbekiston milliy universiteti talabasi.
🎁 Go‘lib talabalarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
🎓 Eslatib o‘tamiz, mazkur nufuzli fan olimpiadasi g‘oliblari magistratura bosqichiga imtihonsiz kirish huquqini qo‘lga kiritdilar!
G‘oliblarimizni ushbu munosib g‘alaba bilan chin dildan muborakbod etamiz va ularning kelgusi ilmiy-amaliy faoliyatlarida yanada ulkan zafarlar tilab qolamiz! 🎉👏




