Jizzaxda “TalabaExpo – 2026” kasbiy imkoniyatlar ko‘rgazmasi ish boshladi
2026-05-14 12:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “O‘zmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi, Jizzax viloyati hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti hududida tashkil etilgan ko‘rgazmada viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun 120 dan ortiq tashkilot tomonidan 1300 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etilmoqda.
Shuningdek, ko‘rgazma doirasida bitiruvchi yoshlar “Kelajakka qadam” loyihasi orqali bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot dasturlari, startap loyihalar va tadbirkorlik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. Umumiy hisobda tadbirga o‘n ming nafarga yaqin yoshlar qamrab olindi.
Mazkur tashabbus bitiruvchi yoshlarning mehnat bozoriga moslashuvi, kasbiy rivojlanishi va iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.









