TATU Samarqand filialida respublika fan olimpiadasi o‘tkazilmoqda
2026-05-13 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda respublikamizning turli hududlaridan kelgan eng kuchli talabalar o‘zaro bellashib, bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishyapti.
Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar barcha ishtirokchilarni qutlab, ularning kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tiladilar. Ushbu olimpiada nafaqat bilimlar sinovi, balki iqtidorli yoshlar uchun o‘zaro tajriba almashish, yangi g‘oyalar kashf etish maydoni ham ekani qayd etildi.
Mazkur intellektual bellashuvning eng ahamiyatli jihati shundaki, musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan iqtidorli talabalar magistratura bosqichiga imtihonsiz kirish huquqiga ega bo‘ladilar.
Barcha yosh dasturchi va muhandislarimizga munosib ishtirok va g‘alaba tilaymiz!
#fan_olimpiadasi #Informatika #AxborotTexnologiyalari









