Toshkent viloyati talabalari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” 2-bosqichi o‘tkazildi
2026-05-12 18:20:00 / Vazirlik yangiliklari
Bugun “Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” kompleks sport musobaqalarining 2-bosqichi doirasida Toshkent viloyati oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida stol tennisi sport turi bo‘yicha musobaqalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tashkil etildi.

Mazkur musobaqada Toshkent viloyatidan 8ta oliy ta’lim tashkilotlari jamoalari tarkibida iqtidorli va sportga qiziqishi yuqori bo‘lgan talaba-yoshlari ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdilar. Natijalar: Yakkalik erkaklar o‘rtasida bahslarda: 1-oʻrin Chirchiq davlat pedagogika universiteti 2-oʻrin Angren universiteti 3-oʻrin “International school of finance technology and science” (ISFTS). Yakkalik ayollar oʻrtasida bahslarda: 1-oʻrin Chirchiq davlat pedagogika universiteti; 2-oʻrin Tibbiyot akademiyasi Chirchiq filiali; 3-oʻrin Belarus-Oʻzbekiston Tarmoqlararo amaliy texnik klavilifikatsiyalar instituti Miks bahslarida: 1-Chirchiq davlat pedagogika universiteti; 2-Tibbiyot akademiyasi Chirchiq filiali; 3-Angren universiteti.









