Talabalar milliy kurash bo‘yicha sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi!
2026-05-04 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Qizg'in va murosasiz kechgan bellashuvlarda talabalar o‘z mahorati va jismoniy tayyorgarligini namoyon etish barobarida sovrinli o‘rinlarni ham qo‘lga kiritdi.
🔹 81 kg vazn toifasida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Alimardon Abdulaxatov g‘oliblikni qo‘lga kiritib, bosh sovrin — “Prezident sovg‘asi” Damas avtomashinasi sohibiga aylandi.
🔹 66 kg vazn toifasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Asadbek Mohirov 1-o‘rinni egalladi.
🔹 Shu vazn toifasida Termiz davlat universiteti talabasi Akobir Qurbonov faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘oliblarga bosh sovrinlar, jumladan Cobalt va Damas avtomobillari kalitlari hamda boshqa qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.
Ushbu muvaffaqiyatli natijalar oliy ta’lim muassasalarida sportni rivojlantirish, talaba-yoshlarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish hamda ularning jismoniy salohiyatini yuksaltirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning amaliy samarasidir.







