Rasmiy munosabat
2026-04-21 18:10:00 / Vazirlik yangiliklari
Ijtimoiy tarmoqlarda oliy ta’lim muassasalarida pedagoglar bilan muddatli mehnat shartnomalarini joriy etish masalasi bo‘yicha bildirilayotgan fikrlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Mazkur masala hozirda qonun hujjati loyihasi ishlab chiqilmoqda. Unda pedagoglar manfaatlari, mehnat huquqlari va ijtimoiy kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan normalar ham nazarda tutilmoqda.
Shu bilan birga, sohada faoliyat yuritgan mutaxassislar ishtirokida amaldagi muammolar o‘rganilib, barcha tomonlar manfaatini hisobga olgan holda maqbul yechim — "oltin oraliq"ni topish maqsad qilingan.
Qayd etish joizki, mazkur tashabbus pedagoglar huquqlarini cheklashga emas, balki ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, mehnat munosabatlarini yanada tartibga solishga qaratilgan.
Jamoatchilik fikri ham ushbu jarayonda inobatga olinadi.
