Rasmiy munosabat
2026-04-13 10:05:00 / Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda talabalardan diplom olish uchun o‘zini-o‘zi band qilganligi haqida guvohnoma talab qilinayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan bitiruvchilarga diplom berish uchun o‘zini-o‘zi band qilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma talab qilinishi nazarda tutilmagan. Diplom berish jarayoni belgilangan me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Ayrim holatlarda bunday ma’lumotlar bitiruvchilarning bandligini monitoring qilish yoki statistik hisobotlar uchun so‘ralishi mumkin, ammo bu diplomni berish uchun majburiy shart hisoblanmaydi.
Agar talabalardan bunday hujjat majburiy tarzda talab qilingan bo‘lsa, bu holat yuzasidan tegishli tartibda murojaat qilish tavsiya etiladi.
