Ta’lim va sun’iy intellekt: kelajak strategiyalari muhokamasi
2026-09-29 / Voqealar taqvimi

📆 Konferensiya sanasi: 2026-yil 29-sentyabr
📝Mavzu: “Ta’limda sun’iy intellektdan foydalanishning dolzarb masalalari”
❔ Nima uchun ushbu konferensiya muhim?
📨 Bugungi jadal texnologik rivojlanish davrida sun’iy intellekt (AI) ta’lim tizimini transformatsiya qilishning asosiy drayveriga aylandi. Anjuman doirasida o‘quv jarayonlarini avtomatlashtirish, shaxsiylashtirilgan ta’lim trayektoriyalarini yaratish va intellektual tizimlarning pedagogik samaradorligi kabi eng dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
🪧 Ishtirokchilar uchun muhim ma’lumotlar:
🟢Maqolalarni qabul qilish muddati: 2026-yil 1-iyulga qadar;
🟢O‘tkazilish joyi: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti binosi;
🟢Yo‘nalishlar: Ta’limda AI texnologiyalari, metodika, axborot xavfsizligi va raqamli pedagogika.
📥Hujjatlarni topshirish va aloqa:
🗣xborot xati bilan tanishish: Batafsil ma’lumot (https://conf.bimm.uz/pdf/axborot-xati/?lang=uz)
🌐 Veb-sayt: conf.bimm.uz (https://conf.bimm.uz/)
⬇️Elektron pochta: info@bimm.uz
📞Bog‘lanish uchun: +99871 203-01-28, +99899 876-86-88
❗️ Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! O‘z ilmiy izlanishlaringiz bilan xalqaro maydonda bo‘lishing va kelajak ta’limi arxitekturasini yaratishda ishtirok eting!
