Bank-moliya akademiyasi – 30 yoshda
2026-05-01 10:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Konferensiyada Indoneziya, Rossiya, Koreya, Malayziya va Turkiya kabi davlatlardan kelgan nufuzli olimlar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Muloqotlar davomida raqamli moliya xizmatlarining aholi farovonligiga taʼsiri, fintex orqali moliyaviy inklyuzivlikni kengaytirish, innovatsion boshqaruv va zamonaviy marketing strategiyalari, xalqaro moliya bozorlaridagi tendensiyalar va islom moliyasining oʻrni kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.Shuningdek, yubiley tadbirlarining eng hayajonli qismi
Akademiya faxriylari va faoliyatiga ulkan hissa qoʻshgan ustozlar bilan oʻtkazilgan samimiy uchrashuv boʻldi. Unda Akademiyaning turli yillarda faoliyat yuritgan fidoyi professor-oʻqituvchilari hamda moliya-bank tizimining tajribali amaliyotchilari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda Akademiyaning bosib oʻtgan sharafli yoʻli, shakllangan ilmiy maktablari va yuqori malakali kadrlar tayyorlashdagi boy tajribasi yana bir bor yodga olindi. Faxriy ustozlar dargohning ilk qadamlari va mustahkam poydevori yaratilishi haqida soʻz yuritar ekan, Akademiyaning bugungi yuksalish bosqichini alohida eʼtirof etdilar.
Tadbir yakunida uzoq yillik samarali faoliyati uchun faxriylarga esdalik sovgʻalari va faxriy yorliqlar tantanali ravishda topshirildi.
Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, Bank-moliya akademiyasining 30 yillik faoliyati – bu mamlakat iqtisodiy barqarorligi yoʻlida xizmat qiluvchi professional kadrlarning butun boshli avlodini tarbiyalagan yuksak salohiyat va shonli tarix ifodasidir.









